Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tgan yosh umidli ijodkor Ravshan Usmonovning ilk rejissyorlik ishi bo‘lgan “Yolg‘on dunyo” kartinasi taqdimotiga el suygan aktyorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va kinosevar muxlislar tashrif buyurdi, deb yozadi “Popcorn.uz”.
Sahnaga film ijodkorlari taklif etilishdan avval bosh rol ijrochisi bo‘lgan yoshlarning sevimli xonandasi Kaniza saundtrek taronani kuylab, muxlislarni xushnud etdi. So‘ngra “Yolg‘on dunyo” kartinasi yaratilishida ishtirok etgan ijodkorlar bilan tanishtirildi. Bosh qahramonlar obrazlarini Otabek Mutalxo‘jayev, Kaniza, shuningdek aktrisa Saida Saidbekovalar ijro etgan.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Ravshan Usmonov, postanovkachi operator Bahrom Berdiyev, postanovkachi rassom Rustam Musayev, ikkinchi rejissyor Kamoliddin Yunusov, kartina direktori Feruza Nodirova, aktyorlardan Tesha Mo‘minov, Bahrom Ahmedov, Mirza Azizov, Muyassar Berdiqulova, Tolib Mo‘minov, Botir Muhammadjonov, Hojiakbar Komilov, Gulzoda Isroilova, Mohinur Begaliyeva, Aziz Saidov, Kamoliddin Yunusov va boshqalar o‘z mehnatlari mahsuli bo‘lgan kartinani keng omma hukmiga taqdim etdi. Film namoyishidan avval Otabek Mutalxo‘jayev ham saundtrek qo‘shig‘ini ijro etdi.
https://youtu.be/zlppuniSNLQ
Tasodifiy uchrashuv bilan boshlangan ikki yoshning muhabbati turli to‘siqlarga, sinovlarga uchrab, voqealar rivoji kutilmagan darajada tomoshabinni o‘ylantirib qo‘ydi. Hayotda uchrab turuvchi g‘araz niyatli, diyonatsiz kimsalar sabab, inson ba’zan chorasizlikda qoladi.
Yolg‘on, xiyonat va razillikning oxiri jazosiz qolmasligi, yaxshilarning yordami tufayli inson hayotga qaytishi, muhabbatiga sadoqatli bo‘lganlar albatta bir kun unga erishishlari filmning asosiy mazmunini aks ettiradi.
Izoh (0)