Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 37-turi doirasida “Pari Sen-Jermen” (“PSJ”) jamoasi safarda “Monpelye” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Shu tariqa, Loran Blan qo‘l ostidagi “PSJ” mavsum tugashiga bir tur qolganida Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi.
“Parijliklar ketma-ket uchinchi marta, klub tarixida esa beshinchi marta Fransiya chempioniga aylanishdi”, - deyiladi xabarda.
Izoh (0)