Tungi xokkey ligasi gala-matchida “MXL yulduzlari” jamoasi “MXL termasi” ustidan g‘alaba qozondi, deya xabar bermoqda “Kommersant”. 16-may, shanba kuni Sochida bo’lib o‘tgan uchrashuv 18:6 hisobida yakunlandi.
“Yulduzlar” tarkibida o‘ynagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin raqib darvozaga sakkizta shayba kiritdi. Uning jamoadoshi, mudofaa vaziri Sergey Shoygu esa uchta shayba kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bu shunday matchki, unda mag‘lublar yo‘q. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman!” — dedi Putin o‘yindan so‘ng.
Tungi xokkey ligasi Vladimir Putin hamda Sovet ittifoqi va Rossiya xokkeyining taniqli faxriylari tashabbusi bilan 2011-yil dekabrida tuzilgan. U ishdan keyin xokkey o‘ynaydigan havaskor sportchilarni birlashtiruvchi liga sifatida tashkil etilgan.
Izoh (0)