Telegram messenjeridan bir oyda 62 million foydalanuvchi faol foydalanmoqda. Bu haqda, Siliconrus.com’ning xabar berishicha, loyiha asoschisi Pavel Durov TechCrunch nashriga ma’lum qilgan.
TechCrunch tomonidan Telegram’ga taqqoslangan WhatsApp messenjeridan bir oyda 800 million kishi foydalanadi. So‘nggi bir yil ichida servis foydalanuvchilari soni deyarli ikki barobar ko‘paydi.
Telegram’da kuniga 220 ming kishi ro‘yxatdan o‘tmoqda. Dekabr oyida ushbu ko‘rsatkich 145 mingga yetgandi. TechCrunch’ning aniqlik kiritishicha, Telegram asosan Yevropa, Lotin Amerikasi, Hindiston, arab davlatlari va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mashhur.
Izoh (0)