Avstraliya politsiyasi terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda gumon qilinayotgan o‘spirinni 8-may, juma kuni hibsga oldi, deb xabar beradi “TASS”.
17 yoshli o‘smirning qo‘lga olinganini Viktoriya shtati politsiya komissari Robert Xill tasdiqladi. Ammo u gumonlanuvchi qayerga portlovchi uskunani qo‘yib, uni qachon portlatmoqchi bo‘lgani haqidagi savolga javob bermadi. Xill gumondorni anchadan beri kuzatishganini ham ta’kidlab o‘tdi.
“Faol tekshiruv ishlari 9 kun davom etdi va payshanba kuni chora ko‘rishga qaror qilindi”.
Uning uyidan topilgan portlovchi qurilmalar xavfsiz joyga olib ketildi va zararsizlantirildi. Ismi oshkor qilinmayotgan o‘smirga nisbatan terrorchilik faoliyati bo‘yicha ikkita ayblov qo‘yildi. Politsiya u yolg‘iz harakat qilganiga ishonmayotgani uchun o‘spirinning do‘stlari va tanishlarini tekshiryapti.
Izoh (0)