“Mustaqillik kuni” (Independence Day, 1996) filmining davomida aktrisa Sela Uord Amerika prezidenti rolini ijro etadi, deya xabar bermoqda “Filmpro.ru”.
Nashr ta’kidlashicha, o‘nlab aktyorlar AQShning haqiqiy yoki to‘qima prezidentlarini gavdalantirgan. Davlat rahbari roli juda kamdan-kam hollarda ayollarga berilgan, Gollivud blokbasterlari uchun esa bu kamyob holat.
AQSh rahbarini ba’zan ayollar ham o‘ynagan, biroq katta byudjetli ekshnlarda bunday hol kuzatilmagan.
Sela Uord “Ertadan keyin”, “Qutqaruvchi”, “Qochoq” kabi filmlardagi rollari bilan taniqlidir. “Mustaqillik kuni 2” 2016-yilda katta ekranlarga chiqadi.
Izoh (0)