O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Hujjat aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga, kasalliklarning oldini olishga, shuningdek tibbiyot fani talablariga muvofiq aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan sog‘lom ovqatlanish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Sog‘lom ovqatlanishda doir keng tushunchalar olib borish, homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli ovqatlanishni yaxshilash kabi yo‘nalishlar belgilab olindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Respublika diyetologiya o‘quv-ilmiy markazi tashkil etiladi.
Hujjatda boshqa qator vazifalar ham keltirildi.
Izoh (0)