Xonanda va aktyor Aziz Rametov rejissyorlikka ham qo‘l urdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Qayd etilishicha, uning “Arslon izidan” nomli filmi ayni kunda tayyor bo‘lgan. Rametov shu kunlarda mazkur filmni tomoshabinlarga taqdim etish arafasida turibdi.
Xonandalikni ham tashlab qo‘ymagan Aziz o‘tgan hafta sun’iy yomg‘ir ostida “Yodimda” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi.
Izoh (0)