Osiyo va Afrika mamlakatlari Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, jumladan Falastin davlatining suvereniteti va mustaqilligini qayta tiklash uchun olib borayotgan adolatli kurashini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Bu haqda 23-aprel, payshanba kuni Indoneziya poytaxti Jakartada yakunlangan Osiyo-Afrika sammitida qabul qilingan Falastin bo‘yicha Deklaratsiyada aytiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Har ikkala qit’a yetakchilari Falastinda prezident va parlament saylovlari tez orada o‘tkazilishiga umid bildirdi, shu bilan birga, falastinliklarning o‘zlari yarashishi va birlashishi zarurligini ta’kidladi hamda Isroilning 2014-yil iyul—avgustida G‘azo sektorida olib borgan harbiy operatsiyasini qoraladi.
Ular Tel-Avivni “Sharqiy Quddusdagi mas’uliyatsiz xatti-harakatlari, ig‘vo va provakatsiyalariga chek qo‘yishga” chaqirdi.
Izoh (0)