Qozog‘iston dunyoda birinchi bo‘lib milliy mafkurani muayyan hujjat shaklida qayd etadi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyevga tayanib.
“Bunday tajriba hech qayerda yo‘q, biz hammadan oldinda bormoqdamiz”, — deya ta’kidladi u Qozog‘iston Xalq assambleyasi XXII sessiyasida nutq so‘zlar ekan.
Nazarboyev tomonidan ilgari surilgan “Mangelik yel” (“Mangu el”) milliy mafkurasi asosida fuqarolar tengligi, mehnatsevarlik, haqgo‘ylik, ilm va ta’limga ehtirom, dunyoviy mamlakat — bag‘rikeng mamlakat qadriyatlari yotadi.
Izoh (0)