SSning sobiq untersharfyureri (unter-ofitseri) 93 yoshli Oskar Gryoning Germaniyaning Lyunenburg shahri sudida Osvensimning sobiq tutqunlaridan uzr so‘radi, deya xabar bermoqda Die Zeit.
“Men kechirim so‘rayman. Meni jinoiy javobgarlikka tortish masalasiga kelsak, buni o‘zingiz hal qiling”, — dedi u.
Unga qarshi 60 dan oshiq kishi da’vo bergan bo‘lib, ular orasida Kanada, AQSh va Vengriyada yashovchi xolokostni boshidan kechirganlar va ularning oila a’zolari bor.
1944-yilda Osvensim (Polsha)ga vengriyalik yahudiylar ortilgan 130 dan ziyod poyezd yetib kelgan edi. 300 mingga yaqin kishi gaz kameralarida zaharlangan va lager pechlarida yoqib yuborilgan. Gryoning ushbu qotilliklarda qatnashganlikda ayblanmoqda. Tergov versiyasiga ko‘ra, u gaz kameralarida o‘limga mahkum bo‘lganlardan musodara qilingan buyum va pullarni sotish bilan shug‘ullangan.
Izoh (0)