Vladimir Jirinovskiy Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni aksilinqiroz chora-tadbirlari sifatida “rublni dollardan ajratib olish” va import o‘rnini bosish muammosini hal qilishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.
“Rublni dollarga qat’iy bog‘lab qo‘yish kerak emas-ku. Moliyaviy tizim mustaqil bo‘lishi kerak. Valyutani olib chiqish esa faqat nazorat ostida bo‘lishi zarur”, — dedi Jirinovskiy hukumat rahbari Davlat dumasiga hisobot berganidan so‘ng liberal-demokratlar fraksiyasidan so‘zga chiqar ekan.
Siyosatchi fikricha, “Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki stavkasini pasaytirish kerak”, “biriktiruvchi kreditlar esa faqat sanoat va qurilishga berilishi lozim”.
Izoh (0)