Pokiston poytaxtidagi aeroportga parvozdan ko‘p o‘tmay, dvigatellaridan biri yonib ketgan yo‘lovchi samolyoti kelib qo‘ndi, deya xabar bermoqda Meduza.
Pokistonning Geo telekanali xabariga ko‘ra, samolyot bortida 100 ga yaqin kishi bo‘lgan. Modeliga aniqlik kiritilmayotgan layner Islomoboddan Karachiga ichki reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Avariyali qo‘nish muvaffaqiyatli kechdi, yo‘lovchilar va ekipaj samolyotni eson-omon tark etdi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)