O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi sahifasida egizak o‘g‘illarining fotosuratlari bilan bo‘lishdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Bungacha xonanda fotosuratlarda farzandlarining yuzlarini ko‘rsatmaslikka urinar edi. Eslatib o‘tamiz, Islom va Imron 2014-yil 5-may kuni dunyoga kelgan edi.
Rayhon fevral oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida ham sahnadagi ulkan monitor orqali farzandlari suratlarini ko‘rsatgan edi.
Izoh (0)