“Rossiya-1” telekanalida “Glavnaya ssena” musiqiy tanlovi superfinali o‘z nihoyasiga yetdi, deya xabar bermoqda “Super.ru”.
Unda hamyurtimiz Sardor Milano mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, u tomoshabinlar ovozlarining qariyb 37 foizini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, superfinalga har bir jamoadan bir kishidan — jami besh kishi yo‘l olgan edi. Ular orasida Arsen Mukendi, Aleksandr Ivanov, Kseniya Dejneva, “Moya Mishel” guruhi va Sardor bor edi.
Izoh (0)