O‘zbekistonlik Sabina Mustayeva “Golos. Deti” shousida tomoshabinlar SMS-ovozlari natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan final bosqichida Sabinaga loyihaning yana sakkiz ishtirokchisi raqiblik qildi. Murabbiyi Maksim Fadeyev bo‘lgan Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini kuyladi.
Eslatib o‘tamiz, Sabina loyihaning avvalgi sonida finalga chiqolmagan edi, biroq “Birinchi kanal” yana bir saralash bosqichini o‘tkazib, yosh iqtidorlarga yana bir imkon berishga qaror qildi.
Bu bosqichda to‘qqiz ishtirokchi qatnashdi. Bular – Daniil Furman, Mariya Mirova, Yevdokiya Malevskaya (Dima Bilan jamoasi), Yekaterina Bizina, Katrina-Paula Diringa, Saida Maxametzyanova (Pelageya jamoasi), Alina Arakelova, Yelizaveta Marochkina va Sabina Mustayeva (Maksim Fadeyev jamoasi).
Har bir ishtirokchi hakamlar e’tiboriga bittadan qo‘shiqni havola qildi. Finalchilarni teletomoshabinlar, telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar orqali aniqlab berishdi.
Izoh (0)