O‘zbek estradasi vakili Rayhon G‘aniyeva 5-may kuni egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonanda Nilufar Usmonova Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.
Nilufar Usmonova Rayhonni farzandli bo‘lgani bilan tabriklagan.
https://twitter.com/Nilufarposha/statuses/463301701383233536
Shuningdek, xonanda Dilso‘z ham Instagram’dagi sahifasida Rayhon va Yigitali Mamajonovni egizak farzandlar bilan muborakbod etgan.
Shu o‘rinda, “Daryo” tahririyati ham xonanda Rayhon va Yigitali Mamajonovni egizak o‘g‘illar bilan tabriklaydi.