“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Kamolot” YIH Samarqand shahar Kengashi tomonidan “Farzandlik burchim” shiori ostida “Kamolot-taxi” loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda “Kamolot” YIH Samarqand shahar Kengashi axborot xizmati xabar berdi.
Loyihaga Hamid Olimjon nomidagi musiqa va drama teatri oldida start berildi.
Loyiha doirasida 10 ta taksi Samarqand shahri bo‘ylab harakatlanib, 200 nafarga yaqin keksa onaxon-u otaxonlarni o‘z manzillariga bepul olib borib qo‘ydi.
“Bu loyihadan nuroniy otaxonlarimiz, onaxonlarimiz juda xursand bo‘ldilar, - dedi “Kamolot” YIH Samarqand shahar Kengashi raisi Raxmanov Jasur. - Hattoki ba’zi nuroniylarimiz taksi ularni manzillarigacha bepul olib borishiga ishonmadi”.
Loyihada faol qatnashgan taksi haydovchilari hamda yoshlar “Kamolot” YIH Samarqand shahar Kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.
Izoh (0)