Fond asoschisi Garri Guzi Askar Akayevga maktub yozib, Gretsiya, AQSh, Gonkong, Xitoy, Filippin, Yangi Zelandiya, Italiya va Angliya kabi mamlakatlar vakillaridan iborat Tayinlash qo‘mitasi qarorini ma’lum qildi. Bu haqda “24.kg” xabar bermoqda.
Filippinda 2002-yilda ta’sis etilgan Guzi dunyo mukofoti Nobel mukofotining Osiyodagi muqobili hisoblanadi. U tinchlikni joriy qilish, inson hayoti va qadr-qimmatiga hurmat keltirish, inson huquqlarini himoya qilishga katta hissa qo‘shgan, shuningdek ilm-fan yoki san’atda yutuqlarga erishgan shaxslarni e’tirof etish maqsadida yaratilgan.
Izoh (0)