Shahzoda Garrining Avstraliyaga tashrifining birinchi kunida yosh qiz undan birgalikda selfiga tushishni so‘radi. Unga javoban shahzoda “selfini jinni suymasligi”ni aytdi, deb yozadi Meduza.
Garri qizga bu bilan shug‘ullanishni bas qilish kerakligini uqtirdi: “Selfi — yomon narsa, shunchaki oddiy rasm oling”.
Shahzoda Garri Kanberradagi Avstraliya harbiy yodgorligiga safari chog‘ida muxlislari bilan muloqot qildi. Shahzoda shuningdek “Malla sochlilar zo‘r” degan yozuv tushirilgan taxtacha ko‘tarib olgan bola bilan ham suhbatlashdi.
Izoh (0)