Norvegiyalik organ chaluvchi sozanda ayol Nina Irslinger ushbu musiqiy asbobni 60 soat davomida chalib, jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Tez orada Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilishi kerak bo‘lgan yangi rekord sohibasi cherkov organi qarshisida o‘zining 60-tavallud kunini qarshiladi.
Irslinger 60 soat davomida ovqatlanish va dam olish uchun kichik tanaffuslar qilgan. Ketma-ket ikki kecha 35 daqiqadan mudrab olgan xolos.
Qariyb uch kunlik konserti uchun ayol Beatles, Bee Gees guruhlari, amerikalik qo‘shiqchi Prince va Irlandiyaning Secret Garden dueti qo‘shiqlarini tanladi.
Izoh (0)