Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtati fuqarosi ilonga uylanmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Daily Mirror. 27 yoshli Sandip Patel kobra avvalgi hayotida go‘zal qiz bo‘lgan va endi uni sevib qolgan deb ishongan.
Mahalliy ibodatxonalardan birida tashkil qilingan nikoh marosimiga 12 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi. Biroq to‘y politsiya xodimlari tomonidan buzildi.
Ibodatxonaga yetib kelgan politsiyachilar jamoatchilik tartibini buzganlikda ayblab, Patel va uning otasini hibsga oldi. Ta’kidlanishicha, mehmonlar ularning qo‘lga olinganidan norozi bo‘lgan va huquq-tartibot xodimlari ularni uylariga quvib yuborish uchun qo‘shimcha kuch chaqirishga majbur bo‘lgan.
Patel so‘zlariga ko‘ra, u kechalari chuqur trans holatiga kirib, ilonga aylana olgan va o‘z sevgilisi bilan muloqot qilgan.
Izoh (0)