Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ishdan qaytgan vaqtda — kechasi soat uchda Internetga kirishini aytdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bu haqda u Jamoatchilik televideniyesi taqdimotida gap ochdi.
“Shuni ayta olamanki, shaxsan o‘zim axborot muhitiga bog‘liqman. Yatsenyuk menga Facebook’ka kirmaslikni maslahat beradi, biroq men o‘zimni tuta olmayman. Va uyga qaytgach, kechasi soat ikki-uchlarda Internetga kiraman. U yerda yozilgan narsalarni, ayniqsa izohlarni ko‘rib xursand bo‘laman, deb aytolmayman”, — dedi Poroshenko.
Prezident o‘zini yangiliklardan yaxshi xabardor kishi deb hisoblashini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)