Rossiya prezidenti Vladimir Putin Time jurnali mushtariylar o‘rtasida har yili o‘tkazadigan “Sayyoraning 100 nafar eng nufuzli kishilari” so‘rovining yuqori pog‘onalarida turibdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Jurnal yozishicha, Putin Rim papasi Fransisk, Barak Obama, Angela Merkel kabi boshqa siyosiy yetakchilarni ortda qoldirgan.
Shunga qaramay, yuqori yuztalikning umumiy ro‘yxatida Putin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi pog‘onaga janubiy koreyalik qo‘shiqchi Li Che Rin chiqqan bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni tegishli ravishda amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga va britaniyalik aktrisa Emma Uotson band qilib turibdi.
Time ta’kidlashicha, ovoz berishda 10-aprelgacha qatnashish mumkin. G‘olib 13-aprel kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)