Rossiyaning Belgorod viloyatida 11 yoshli maktab o‘quvchisi yashin qurboni bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Bola do‘stlari bilan maktab yaqinidagi stadionda o‘ynayotgan paytida uni yashin kelib urgan. Hodisa 5-aprelda sodir bo‘lgan.
Olgan zarbasidan bolakay voqea joyida halok bo‘lgan. Ayni paytda tergovchilar guvohlarni so‘roq qilib, hodisa yuz bergan vaziyatni aniqlashtirmoqda. Tekshiruv natijalari bo‘yicha protsessual qaror chiqariladi.
Izoh (0)