Moskva Basman sudi Boris Nemsov o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan Hamzat Baxayevni qaytadan hibsga oldi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Avvalroq tuman sudi uni va ishning yana ikki figurantini bitta qaror orqali hibsga olgan, biroq Moskva shahar sudi qarorni o‘zgartirib, uch shubhalanuvchilarga nisbatan jinoyatning oldini olish choralari to‘g‘risidagi masalani qaytadan ko‘rib chiqishga yuborgan edi.
Sud esa Baxayevga hibsda saqlash ko‘rinishidagi chorani belgiladi. Uning o‘zi Nemsovning o‘limiga aloqadorligi yo‘qligini aytmoqda.
Izoh (0)