Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida 17 yoshli qarindoshini qutqarmoqchi bo‘lgan yetti kishidan iborat oila cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Hodisa marhumlarni xotirlash kunida oila a’zolari o‘z ajdodlari qabrlarini ziyorat qilgach sodir bo‘ldi. Qabrni tozalab bo‘lgach, qo‘lini yuvmoqchi bo‘lgan qiz suv omboriga tushib ketdi.
Uning qarindoshlari, jumladan ota-onasi unga yordamga shoshildi, biroq natijada u bilan birgalikda cho‘kib ketdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, nobud bo‘lganlar orasida 13 va 15 yoshdagi ikki o‘smir ham bo‘lgan.
Izoh (0)