Air India aviakompaniyasining A320 yo‘lovchi samolyoti ikkinchi uchuvchisi layner Jaypur aeroportida bo‘lib, Dehliga uchib ketishga tayyorlanayotganida ekipaj komandirini uchuvchilar kabinasida urdi, deya xabar bermoqda Meduza.
The Times of India nashri yozishicha, komandir unga parvozning ba’zi parametrlari — bortdagi yo‘lovchilar soni, laynerning uchish massasi va yoqilg‘i miqdorini qayd etishni buyurganida, ikkinchi uchuvchi janjal chiqargan.
Mojaroga qaramay, komandir parvozni bekor qilmadi va Dehliga reysni amalga oshirdi. Qo‘nib bo‘lgach, u aviakompaniyaga voqea haqida xabar berdi. Ayni paytda tergov boshlangan va har ikkala uchuvchi vaqtincha ishdan chetlatilgan.
Izoh (0)