Moskva metrosida pensioner ayolni qutqarib olishdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Gap shundaki, bekatlardan birida vagondan chiqayotib, keksa ayol qoqilib ketdi, natijada oyog‘i vagon va platforma oralig‘idagi tirqishga tiqilib qoldi.
Ayol mustaqil ravishda u yerdan chiqa olmagach, boshqa yo‘lovchilar unga yordamga keldi. Baland aloqa orqali ular hodisa haqida mashinistga xabar berdi, u esa poyezdni to‘xtatib turdi. Erkaklar vagonni chayqata boshladi va 15 soniya ichida ayolning oyog‘ini bo‘shatib oldi. Pensioner ayol oyog‘idan shikastlandi va kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)