Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg undan qalbaki hujjatlar asosida kompaniya aksiyalari yarmini talab qilgan Nyu-York shtati fuqarosi Pol Selya bilan elektron yozishmalarini sudga taqdim etishi kerak. Bunday qarorni Nyu-York sudyasi Vernon Broderik 3-aprel, juma kuni chiqardi, deb yozadi “TASS”.
Qarorga ko‘ra, yozishmalar 6-aprelga qadar advokatlarga taqdim etilishi kerak.
Avvalroq Mark Sukerberg bilan sudlashib, Facebook’ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan va oqibatda firibgarlikda ayblangan Pol Selya o‘zining Nyu-Yorkdagi uyidan izsiz yo‘qolgani xabar berilgan edi.
Pol Selya 2010-yilda Mark Sukerbergni sudga berib, Facebook’ni birgalikda yaratganliklarini va uning 84 foiziga haqqi borligini ta’kidlagan edi. Biroq sudda u buni isbotlay olmadi, taqdim etilgan hujjatlar esa soxta deb e’tirof etildi. O‘tgan yil noyabrida esa Sukerberg huquqshunoslari Selyaning advokatlariga qarshi da’vo berdi.
Izoh (0)