Tailand qiroli Pumipon Adulyadet 1-aprel, chorshanba kuni avvalroq bosh vazir Prayut Chan-Ocha tomonidan taqdim etilgan harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy televideniye xabariga tayanib.
“Harbiy holat butun mamlakat hududida bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq bosh vazir harbiy holat bekor qilinganidan so‘ng xavfsizlikni ta’minlash uchun Tailand muvaqqat konstitutsiyasi 44-bobiga amal qilishga tayyorligini bildirgan edi, unda vazirlar mahkamasi boshlig‘iga deyarli cheksiz vakolatlar beriladi.
Tailand armiyasi 2014-yil 20-may kuni siyosiy inqiroz qamrab olgan qirollikda harbiy holat e’lon qilgan edi. Harbiylarning ushbu qarori 28 kishining o‘limi va yuzlab kishilarning tan jarohatlariga sabab bo‘lgan bir necha oylik hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng tartibni tiklash zarurati bilan bog‘liqligi qayd etilgan edi.
Izoh (0)