Hindistonning Kashmir tumanida sharros yomg‘ir va yer o‘pirilishlari 17 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Hindiston hukumati tumanda qishloq aholisini qutqarish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqda.
Armiya va politsiya uyumlarni kovlab, dom-daraksiz yo‘qolganlarni qidirib topish uchun belkurak va ekskavatorlardan foydalanmoqda.
Kashmirning yuzlab fuqarolari xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z uylarini tark etdi.
Izoh (0)