Granatomyotlar bilan qurollangan jangarilar Sinay yarim orolida 15 nafar Misr askarlarini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda Reuters. Bundan tashqari ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Hodisa 2-aprel kuni bir nechta harbiy postlarga hujum natijasida sodir bo‘ldi.
Hujumlar bir vaqtning o‘zida sodir etilgan-etilmagani xabar berilmayapti. Hamla uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.
Misrda 2013-yilda harbiy to‘ntarish amalga oshirilganidan buyon Sinay yarim orolida jangarilar yuzlab askarlarni yo‘q qildi.
Izoh (0)