Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd tayyorlashda ayblangan Rossiya “Gosstroy”i sobiq amaldori va huquqshunos Igor Puzanov 2-aprel, payshanba kuni to‘qqiz yilga qattiq rejimli koloniyaga mahkum etildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Puzanov Moskvada radio bilan boshqariluvchi vertolyot asosida yasalgan bomba yordamida Vladimir Putinga suiqasd tayyorlagan. Bundan tashqari, sud sobiq amaldorga 50 ming rubl jarima to‘lash majburiyatini ham yukladi.
Hujum qilishga urinishdan tashqari, Puzanov terrorizmni targ‘ib qilishda aybdor deb topildi.
Izoh (0)