Ukraina poytaxti Kiyevda 2016-yilda o‘zbek shoiri Alisher Navoiyga bag‘ishlangan xiyobon yaratish rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi “Segodnya.ua”. Uni O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi jihozlaydi. Ayni paytda Ukrainadagi 15 ta elchixonalar bilan poytaxt xiyobonlarini ularning milliy uslublarida bezatish haqida muzokaralar olib borilmoqda.
Kiyev shahar kengashi taklifi bilan O‘zbekiston tomoni Kiyevda Alisher Navoiy nomidagi bo‘lajak xiyobonni yaratish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev Toshkentda Taras Shevchenkoga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik borligi, Kiyevda ham Navoiyga atab shunga o‘xshash yodgorlik yaratmoqchi ekanliklarini aytdi. Alisher Navoiy haykali bronzadan yasaladi, orqa planda esa uning she’rlaridan biri mozaika ko‘rinishida tushirilgan panno bo‘ladi.
Izoh (0)