30-martdan 3-iyungacha Toshkentning ba’zi tumanlarida sovuq suvning vaqtinchalik o‘chirilishi va vodoprovod tarmoqlarida bosimning pasayishi mo‘ljallangan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “Toshkent oqshomi” gazetasiga tayanib.
Bu poytaxtning vodoprovod tarmoqlaridagi ta’mirlash-profilaktika ishlari, shuningdek bahor-yoz davriga tayyorgarlik bilan bog‘liq.
Sovuq suv poytaxtning Uchtepa, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirobod, Sergeli, Yunusobod, Olmazor tumanlari, shuningdek Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ba’zi mahalla va mavzelarda bo‘lmaydi. To‘liq ro‘yxat “Gazeta.uz” xabarida keltirilgan.
Suv o‘chiriladigan joylarga suv tashuvchi mashinalarni yuborish rejalashtirilmoqda. Ma’lumot uchun telefonlar: 256-10-95, 252-55-78, 252-60-08 va 1054.
Izoh (0)