O‘zbekiston delegatsiyasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Yashin Xidirov rahbarligida FAO (BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti)ning Anqaradagi Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy bo‘linmasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Tashrif doirasida bir qator bitimlar imzolandi.
FAOning texnik hamkorlik bo‘yicha ikkita loyihasi O‘zbekistondagi fitosanitar nazorat xizmati salohiyatini mustahkamlashda ko‘mak beradi hamda akvamadaniyat va baliqchilikni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishda hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston shuningdek, FAO-Turkiya hamkorlik dasturi doirasida ishlab chiqilgan chigirtkaga qarshi kurash bo‘yicha loyihani ham imzoladi.
Izoh (0)