Shu yilning oxirigacha Xitoyning Uzhongkong kompaniyasi “Navoiy” EIIZ hududida uyali telefonlar, planshetlar, kompyuterlar, noutbuklar va televizorlarni chiqarish bo‘yicha yangi korxonani ishga tushiradi, deya xabar bermoqda “Finance.uz”.
Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 1,1 million dona mahsulotga teng bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 770 mingta zamonaviy qurilmalar ishlab chiqariladi.
Loyihaga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,8 million dollarni tashkil etadi, uning 2 million dollari joriy yilda o‘zlashtiriladi. Korxona ishga tushishi sharofati bilan 50 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Izoh (0)