Ukrainada Viktor Yanukovich lavozimidan ag‘darilgach, uning Mejigoryedagi qarorgohidan oltin baton va boshqa qimmatbaho buyumlari yo‘qoldi, deya xabar bermoqda Meduza Oliy rada deputati, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha parlament qo‘mitasi kotibi Dmitriy Dobrodomovga tayanib.
Deputat so‘zlariga ko‘ra, uning so‘roviga javoban Ukraina Bosh prokuraturasi batonning qayerdaligi noma’lumligini aytgan va uning boshqa buyumlar bilan birga o‘g‘irlanganligini taxmin qilgan.
Viktor Yanukovich lavozimidan ag‘darilgach, uning Mejigoryedagi qarorgohiga istagan kishilar tashrif buyurishi mumkin bo‘ldi. Tashrifchilar qarorgohdagi qimmatbaho jihozlarni suratga olib, internetga joylay boshladi. Oltin baton — ikki kilogrammlik press-papye Mejigoryening eng mashhur buyumiga aylandi.
Izoh (0)