Ukraina Oliy radasi 2015-yilda boshqa mamlakatlar Qurolli kuchlari bo‘linmalarining Ukraina hududiga kirishiga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda “Liga. Novosti”.
Bu yil Fearless Guardian 2015 Ukraina-Amerika harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ukraina Qurolli kuchlari va Ukraina Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari jangovar tayyorgarligi darajasini NATO standartlari bo‘yicha mukammallashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarga 2200 nafar harbiylar jalb etiladi.
Shuningdek, Amerika va Polsha bilan hamkorlikda boshqa o‘quv mashqlarini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)