Ukraina Oliy radasi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning alohida tartibi joriy etiladigan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi alohida tuman, shahar va qishloqlarini belgilash to‘g‘risidagi qonunga prezidentlik tuzatishlarini qabul qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Unga ko‘ra, alohida rejim Donbassda Ukraina qonunchiligiga muvofiq muddatidan avvalgi saylovlar bo‘lib o‘tgach, amal qilishni boshlaydi.
17-mart kuni Oliy rada shuningdek, “Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning alohida tartibi joriy etiladigan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi alohida tuman, shahar va qishloqlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
O‘z-o‘zini boshqarishning alohida tartibini joriy etish rejalashtirilayotgan hududlar chegarasi 2014-yil 19-sentabrdagi Minsk protokoli orqali belgilangan tutash chiziqlar bo‘ylab o‘tadi. Ayirmachilar tomonidan ushbu sanadan keyin egallangan hududlarda alohida rejim o‘rnatilmaydi.
Izoh (0)