Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovning eng yirik aktivi “Metalloinvest” tog‘-metallurgiya xoldingining 2014-yildagi sof daromadi 16 marta kamayib, 66 million dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” kompaniya moliyaviy hisobotiga tayanib.
Daromad ko‘rsatkichining pasayishi temir rudasi narxining keskin tushib ketishi bilan bog‘liq, deyiladi press-relizda. Kompaniyaning sof qarzi 23,1 foizga — 4,185 milliard dollargacha qisqardi.
EBITDA ko‘rsatkichi 14,4 foizga — 1,96 milliard dollargacha kamaygan bo‘lsa, EBITDA rentabelligi 2013-yilgi 31 foiz ko‘rsatkichini saqlab qoldi.
“Metalloinvest”ning kirimi 2014-yilda 13,1 foizga qasqarib, 6,367 milliard dollarni tashkil etdi. Kirimda eksport ulushi 59 foizga teng bo‘ldi.
Izoh (0)