Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Shafqat ko‘ngillilik jamiyati” jamg‘armasi va Davlat tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktorlari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Knews.kg”.
Uchrashuv chog‘ida Nazarboyev ijtimoiy tashabbuslarga har tomonlama ko‘mak berish muhimligi haqida gapirdi. Shu munosabat bilan u har bir jamg‘armaga 300 ming dollardan mablag‘ o‘tkazishini ma’lum qildi. Ushbu mablag‘lar prezidentning Xitoyga tashrifi davomida unga “Ipak yo‘li” jahon mukofotiga gonorar sifatida berilgan edi.
Izoh (0)