Zimbabve poytaxti Xararedagi qamoqxonada 13-mart kuni mahbuslar ularga berilayotgan oziq-ovqatdan norozi bo‘lib, isyon uyushtirdi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.
Tushlikda asosiy ovqat sifatida sabzavotlar berilgach, ular o‘z noroziliklarini ifodalash uchun janjallashib ketdi, natijada ur-yiqit boshlandi va bir mahbus halok bo‘ldi, yana 11 kishi, jumladan uch nafar qo‘riqchi jabr ko‘rdi.
Shundan so‘ng besh mahbus ko‘rpalarni yoqib yubordi, olov turma binosining boshqa qismlariga ham tarqalib ketdi. Mahbuslar shu tariqa qo‘riqchilar diqqatini chalg‘itib, qamoqdan qochib ketmoqchi bo‘lgan, biroq buni uddalay olmagan.
Qo‘zg‘olon uch soat davom etdi, unda 900 dan oshiq mahbuslar ishtirok etdi. Isyonni boshlashda gumon qilinganlar qo‘lga olindi.
Izoh (0)