Italiya shimolidagi Kampo-San-Martino shahri ko‘chalaridan biri Beslan bolalari deb nomlandi. U 14-mart, shanba kuni tantanali marosimda Rossiya va Italiya madhiyalari ostida ochildi, deb yozadi “TASS”.
Kampo-San-Martino meri Paolo Tonin 2004-yil sentabrida Beslandagi maktabda bo‘lib o‘tgan teraktni esga oldi, unda 334 kishi, jumladan 186 nafar bola halok bo‘lgan edi. “Biz zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz jinoyatni unutmaslik uchun bunday qaror qabul qildik”, — dedi u.
Izoh (0)