YouTube’da buqaning uni shirinlik bilan siylamoqchi bo‘lgan ayoldan “bo‘sa olishga” uringani aks etgan rolik bir necha kun ichida bir milliondan ko‘proq marta tomosha qilindi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Videoda buqa ayol o‘tirgan avtomobil yonida yurib, ochiq oynadan ichkariga qaraydi, uni shirinlik bilan mehmon qilishadi. So‘ng u avtomobil kabinasiga boshini suqib, tili bilan qizning yuziga tegmoqchi bo‘ladi, biroq buni uddalay olmaydi. Qiz esa quvonchli “shok”ka tushib, “bo‘sa”dan qochishga harakat qiladi.
Izoh (0)