Kuba hukumati birinchi bepul Wi-Fi jamoatchilik nuqtasini ochishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda Meduza. Internetni Gavanadagi madaniy markaz direktori, Kcho taxallusi bilan mashhur zamonaviy rassom tarqatishga qaror qildi.
Markaz direktori o‘z tashabbusi bilan ulangan internetni tarqatadi, uning tezligi soniyasiga 2 megabitga teng. Rassom Kcho internetga ulanish narxini oshkor qilmadi, biroq AP xabariga ko‘ra, bunday tezlikdagi internet oyiga 900 dollarga tushadi.
Izoh (0)