Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha tergov boshqarmasi avvalroq kasalxonaga “tasodifan bo‘g‘ilib qolish” tashxisi ostida keltirilgan bolaning o‘limi fakti bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda, deb yozadi Interfax.
27-fevral kuni peterburglik ayol o‘n yoshli va kichik yoshdagi ikki o‘g‘li bilan bog‘da sayr qilayotganida, katta o‘g‘li bolalar maydonchasidagi futbol darvozasi to‘riga o‘ralib qoladi. Natijada bo‘ynidan jarohat olib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqiziladi va u yerda 3-mart kuni vafot etadi.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)