“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturiga muvofiq qariyalarga taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali zamonaviy AKTni keng qo‘llash bilan oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Dasturda quyidagilarni yaratish va joriy qilish nazarda tutilgan:
- yolg‘iz keksalar va nogironlar uchun uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish uchun elektron arizalar berish bo‘yicha interaktiv xizmatlar;
- yolg‘iz keksalar va nogironlarni “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga joylashtirish uchun ariza berish hamda boshqa zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini elektron ko‘rinishda olish bo‘yicha interaktiv xizmatlar;
- 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriya-sog‘lomlashtirish uchun elektron ro‘yxatga olish dasturiy kompleksi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez-ortopedik buyumlar va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanganligini qayd etishni avtomatlashtirish bo‘yicha “Protez” maxsus axborot tizimi.
Izoh (0)