2015-yilda poytaxtdagi “Motor zavodi” AJning bekor turgan ishlab chiqarish maydonlarida quvvati 200 ming tonnaga teng elektr texnika mahsulotlari logistika markazi tashkil etiladi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
3,1 milliard so‘mlik loyiha 2015-yilning Pudrat qurilish ishlari dasturiga kiritildi.
Bundan tashqari, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi murakkab maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha jami qiymati 22,5 milliard so‘mga teng uchta loyihani amalga oshiradi.
2017-yilgacha “Motor zavodi” AJning bekor turgan ishlab chiqarish maydonlarida 300 mingta sovutgich, 250 mingta maishiy gaz va kombinatsiyalashgan plitalar hamda maishiy texnika uchun 7500 tonna alyuminiy va plastmassa buyumlar chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)